Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Dahshat! Moskva yaqin orada yer ostiga kirib ketishi mumkin

Dahshat! Moskva yaqin orada yer ostiga kirib  ketishi mumkin

8 may kuni Tula viloyatida joylashgan Dedilovo qishlog‘ida yer yorilishi yuz berdi. Aytilishicha, yoriqning chuqurligi 25 metrni tashkil etgan. Bundan tashqari, teshik har qanday vaqtda kengayishi mumkin. Biroq, bu eng yomon tomoni emas. Hamma gap bu hududning Moskvadan atigi 150 kilometr uzoqlikda ekanligida. Istalgan vaqtda ushbu muammo butun Moskva yoki shaharning muayyan hududlariga ta’sir qilishi mumkin.

Olimlarning fikriga ko‘ra, chuqurlik paydo bo‘lishining sababi ustiga Moskva shahri qurilgan yer osti dengiziga bog‘liq. Uning chuqurligi 1500 metrdan ortiq. Agar holat bu yerga ham yetib kelsa, Moskvaning qulashiga imkon bermaydigan Yer qatlamining qalinligi 300 metrdan 1 kilometrgacha o‘zgaradi. Shunday qilib, ba’zi oilalar har qanday vaqtda suv ostida qolishi mumkinligini hatto tasavvur ham qila olishmaydi.

Hokimiyat bu muammo haqida biladi, chunki olimlar va mutaxassislar bu haqda uzoq vaqtdan buyon gaplashib kelishmoqda. Aytish kerakki, bu katta dengiz Gubkin tomonidan neft qidirish paytida kashf etilgan. Qora oltin topilmagan, lekin o‘nlab kilometr uzunlikka cho‘zilgan ulkan suv ombori aniqlangan edi.

Tula shahridan Moskva shahrigacha 150 km, bu bitta tizim. Ammo hech kim fojianing Moskvaga yetib borish-bormasligi haqida aniq ma’lumoyga ega emas.

Kiritildi: 06:15 17.05.2019. O'qildi: 8836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!