Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Dahshat! Bir odamni o‘ldirib, tanasini yegan qiz sud ishida o‘zi guvoh bo‘ldi (+18)

Dahshat! Bir odamni o‘ldirib, tanasini yegan qiz sud ishida o‘zi guvoh bo‘ldi (+18)

Leningradlik Valeriya ismli 12 yoshli maktab o‘quvchisi dahshatli, shuning bilan birgalikda vahshiy hodisaning markaziga aylandi.

Yig‘ilgan ma’lumotlarga qaraganda, qiz 22 yoshli yigiti bilan birga bo‘lish uchun uyidan qochib ketgan. Ular birgalikda yashagan xonadonining egasini o‘ldirishgan. Aytish joizki, bu vahshiylikning boshida Valeriyaning o‘zi turgan.

Barchasi ijara puli sabab kelib chiqqan janjaldan boshlangan. Natijada 22 yoshli Arkadiy Zverev xonadon egasining boshiga qaychi bilan urgan. Keyin bu qotillikka Valeriya ham kelib qo‘shilgan.

Xonadon egasini o‘ldirganidan so‘ng yigit bamaylixotir kirib uxlagan. Qiz esa marhumning tanasini yorib ko‘rgan. Uning aytishicha, inson tanasining ichida nimalar borligini ko‘rish u uchun hamisha qiziq bo‘lgan.

Eng dahshatlisi keyin boshlangan. Valeriya marhum tanasining bir bo‘lagini kesib olgan va tovada qovurib yeb ko‘rgan. A’zolar orasida yurak ham bo‘lgan.

Yoshi hali kichikligi hamda o‘z ishida faqat o‘zi guvohligi bois qizga nisbatan hech qanday choralar ko‘rilmadi. Ammo og‘ir xarakterli bolalar uchun mo‘ljallangan internatga jo‘natib yuborildi.

Keyingi aniqlangan dalillarga qaraganda esa Valeriya hattoki ko‘pchilikning yostig‘ini quritgan “Ko‘k kit” o‘yinining ham a’zosi ekan.

 

Kiritildi: 12:50 12.10.2018. O'qildi: 5694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!