Bugun 28 mart, 2025 yil, juma

КИР

Crocus City Hall`dagi teraktning olti tashkilotchisi sirtdan hibsga olindi

Crocus City Hall`dagi teraktning olti tashkilotchisi sirtdan hibsga olindi

Crocus City Hall konsert zalidagi teraktni tashkillashtirishda bevosita ishtirok etgan Markaziy Osiyodan 6 nafar fuqaro sirtdan hibsga olinib, qidiruvga berilgan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi.

"Teraktni bevosita tashkil etishni Markaziy Osiyodan 6 nafar fuqaro amalga oshirgan, ularning ayrimlari taxallus ostida faoliyat yuritadi. Ular xorijda, shuning uchun sirtdan hibsga olingan va qidiruvga berilgan" - dedi Petrenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, teraktning to‘rt nafar aybdori: Dalerjon Mirzoyev, Muhammadsobir Faizov, Shamsiddin Fariduni va Saidakram Rachabalizodani o‘z safiga aynan shu shaxslar jalb qilgan. Shuningdek, ular chet elda o‘qishni tashkil qilishgan.

Teraktni uyushtirganlar, shuningdek, ularning 15 nafar sherigi hibsda. Ular bilan tergov harakatlari yakunlandi. Ayblanuvchilar ish materiallari bilan tanishib bo‘lgach, sudga kelishadi.

Kiritildi: 22:46 22.03.2025. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!