Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

COVID-19 "britancha" shtammi bilan kasallangan bolalarda kuzatilayotgan beshta alomat aniqlandi

COVID-19 "britancha" shtammi bilan kasallangan bolalarda kuzatilayotgan beshta alomat aniqlandi

Buyuk Britaniyada aniqlangan va yuqumliligi jihatidan kuchliroq ekani aytilgan COVID-19ning yangi shtammi bolalarda biroz boshqacha alomatlar bilan kechayotgani aniqlandi. Bu ZOE Symptom Tracker ilovasi yordamida olib borilgan tadqiqotlar tufayli ma’lum bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kasal bolalarning aksariyati charchoqdan aziyat chekadi. Infeksiyani yuqtirgan chaqaloqlarda tez-tez yig‘lash holatlari uchraydi.

Kasallangan bolalarning yarmidan ko‘pi (53 foizi) bosh og‘rig‘idan shikoyat qildilar. Shu bilan birga, ularda qorin og‘rig‘i ham kuzatilmoqda. Shuning uchun, shifokorlar ota-onalarga qorin bo‘shlig‘idagi noqulaylik bilan bir vaqtda paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i bor-yo‘qligini bolalaridan so‘rab turishlarini maslahat berishmoqda.

Yana bir alomat — 37 darajadan yuqori isitma. U koronavirusning "britancha" shtammi bilan og‘rigan bolalarning deyarli yarmida uchradi.

Shuningdek, ZOE Symptom Tracker ilovasi betob bolalarning 38 foizi tomoq og‘rig‘idan shikoyat qilishganini aniqladi, bu alomat odatda virusli infeksiyaning belgisi. Tomoqdagi og‘riq shamollash, gripp yoki COVID-19ning belgisi bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, kasallanganlarning taxminan 35 foizi ishtahani yo‘qotganlarini aytishgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ko‘pincha bir yoshga to‘lmagan chaqaloqlar bunga duch kelishadi. Shuning uchun ular ota-onalarga taomni kichikroq qismlarga bo‘lib, bolalarni kam porsiya bilan, ammo tez-tez ovqatlantirishni maslahat berishadi.

Kiritildi: 12:39 15.01.2021. O'qildi: 3330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!