Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

COVID-19 bilan kasallanish xavfini kamaytiruvchi xastalik ma’lum qilindi

COVID-19 bilan kasallanish xavfini kamaytiruvchi xastalik ma’lum qilindi

Allergiyasi bor odamlar virusli infeksiyalar hamda saratonga kamroq duch kelishadi.

Bu haqda allergolog-immunolog Alla Rijix Sputnik radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, allergiyasi bor odamlarning COVID-19dan "himoya qilinishi" E (IgE) immunoglobulini darajasining oshishi bilan izohlanadi.

Shuningdek, shifikorning so‘zlariga ko‘ra, allergiya va koronavirus infeksiyasi ma’lum bir alomatlari bilan bir-biriga mos keladi. Zero, yo‘tal va nafas olish muammolari ikkala xastalikning ham keng tarqalgan alomati sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.

Shu bois allergiyani COVID-19 bilan (yoki aksincha) adashtirmaslik uchun, albatta, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Qayd etilishicha, allergiyasi bor odamlar halokatli SARS-CoV-2 patogenidan to‘liq himoyalanishmagan. Ammo bunday bemorlarda koronavirus bilan kasallanish xavfi boshqalarnikiga qaraganda ancha pastdir.

Kiritildi: 20:11 25.10.2020. O'qildi: 3352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!