Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

COP28: YTTB bilan Samarqand shahriga doir istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

A A A
COP28: YTTB bilan Samarqand shahriga doir istiqbolli loyihalar muhokama qilindi


Samarqand viloyati delegasiyasi Dubayda bo‘lib o‘tayotgan COP28 — BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 28-sessiyasida «Barqaror va yashil shaharlar» mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Shuningdek, tadbir doirasida viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ochilov hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) barqaror rivojlanish bo‘yicha ijrochi direktori Nandita Parshad xonim o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda YTTB ko‘magida amalga oshirilayotgan Samarqand shahrining «Yashil shahar harakatlar rejasi» loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, jamoat transporti, elektrobuslar xarid qilish loyihasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, COP28 xalqaro iqlim forumi 12 dekabrgacha davom etadi.

Kiritildi: 20:34 07.12.2023. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!