Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

" Cobalt" va "Nexia" qo‘shni davlatlarda qimmatroq sotilmoqda

" Cobalt" va "Nexia" qo‘shni davlatlarda qimmatroq sotilmoqda

UzAuto Motors avtomobillari Qozog‘iston avtomobil bozorida yetakchi o‘rinlarni egalladi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 9 oyida qozog‘istonliklar 79 444 dona avtomobil sotib olishgan va buning 28 foizdan ortig‘i Chevroletga to‘g‘ri keladi.

🚙"Jami 22 383 dona mashina sotildi, bu bozor ulushining 28,17 foizini tashkil qildi", - deyilgan UzAuto Motors xabarida.

2020 yilga nisbatan UzAuto Motors avtobillarini sotish hajmi 5 barobar oshdi. Qozog‘iston fuqarolari ko‘proq Chevrolet Cobalt va Chevrolet Nexiani tanlamoqda.

⚠️Xabarda qayd etilishicha, qo‘shni davlatda bu modellar O‘zbekistonga qaraganda taxminan 1000 $ qimmatroq sotilmoqda.

Kiritildi: 20:00 14.10.2021. O'qildi: 3883 marta. Fikrlar soni: 10 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!