Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Chustda 19 yoshli yigit onasining shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘ini pichoqladi

Chustda 19 yoshli yigit onasining shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘ini pichoqladi

Qayd etilishicha, soat 00:30 da 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro shar’iy nikohida bo‘lgan 1976 yilda tug‘ilgan ayoli bilan uning yashash uyida o‘zaro janjallashgan. Bu vaqtda ayol bilan birga yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan o‘g‘lining jahli chiqib, oshxonada bo‘lgan osh pichoqni olib chiqqan va o‘gay otasining qorin qismi o‘ng tomoniga bir marta urib, tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

https://namviib.uz/oz/events/uzaro-zhanzhal-pichoni-inidan-chiardi

Kiritildi: 21:41 18.09.2021. O'qildi: 5485 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!