✅ Cho‘milish kishiga g‘ayrat va shijoat baxsh etadi. Yoz mavsumi kelgach, kunning issiq harorati kishining cho‘milishga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Biroq bu xavfsiz bo‘lmasligi mumkin.
❗️Chunki suv orqali quyidagi kasalliklarni yuqtirib olishingiz mumkin.
☘️ Ichak grippi. Bu oshqozon va ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi yoki gastroyenteritning asosiy sababi.
☘️ Amyobiaz. Bu amyobali dizenteriya bo‘lib, ichaklarda yallig‘lanishga olib keladigan protozoy guruhining parazitlari sabab bo‘ladi.