Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Chorvoqqa ketish yo‘lida harakat tezligi cheklanadi

Chorvoqqa ketish yo‘lida harakat tezligi cheklanadi

Chorvoqqa ketish yo‘lida harakatlanish tezligi cheklanadi.

Toshkent - Chorvoq avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida tezlik 80 km/soatgacha cheklanadi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining tegishli qarori qabul qilindi. Qaror 2026 yil 2 fevral kuni qabul qilindi.

Davlat ahamiyatiga ega Bektemir - Chirchiq - G‘azalkent - Chorvoq avtomobil yo‘lining 19-kilometridan 74-kilometrigacha bo‘lgan qismida 2025 yilda tezlik rejimiga rioya qilmaslik oqibatida 63 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

YTH oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, yana 50 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Qarorga ko‘ra, 4R-12 avtomobil yo‘lining aholi punktlaridan tashqarida joylashgan 6 ta qismida ruxsat etilgan eng yuqori tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatgacha pasaytirildi.

Tezlik cheklovlari joriy etilgan asosiy hududlar:

Yuqori Chirchiq tumani - 19-20 km (Bektemir va Chirchiq oralig‘i);

- Bo‘stonliq tumani:

- 44-45 km;

- 49-50 km;

- 52-53 km;

- 61-62 km;

- 64-65 km;

- 71-74 km (G‘azalkentdan keyin Chorvoq yo‘nalishida).

Kiritildi: Bugun 20:01. O'qildi: 197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!