Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

“Chorsu” bozoridagi yong‘indan zarar ko‘rgan maydonlarni tiklash bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

“Chorsu” bozoridagi yong‘indan zarar ko‘rgan maydonlarni tiklash bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

Chorsu bozorining Beruniy va Saqichmon ko‘chalari kesishmasi yaqinida joylashgan do‘konlari va omborlarida ro‘y bergan yong‘indan zarar ko‘rgan maydonlarni tiklash bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

Shu yilning 28 iyunga o‘tar kechasi Chorsu bozorining Beruniy va Saqichmon ko‘chalari kesishmasi yaqinida joylashgan do‘konlari va omborlarida yong‘in ro‘y berdi. Poytaxt hokimligi yong‘indan zarar ko‘rgan maydonlarni tiklash bo‘yicha ishchi guruh tuzilganini e’lon qildi.

Ayni vaqtda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Mutaxassislar yong‘in sabablarini aniqlamoqda, shuningdek, yetkazilgan zarar miqdorini baholamoqda.

Shahar va tuman hokimliklari vakillari yong‘indan zarar ko‘rgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ishchi guruh zarar ko‘rgan maydonlarni ta’mirlash, tiklash va ishga tushirish masalalarini samarali va tezkor hal etish maqsadida tuzildi.

Tez orada barcha binolar ta’mirlanib, ularda yanada yaxshi ish sharoitlari yaratiladi. Ishlar yakuniga qadar esa hozirda tadbirkorlar faoliyatini davom ettirishlari uchun boshqa binolar ajratilgan.

Xabarda aytilishicha, yong‘in bozorning umumiy faoliyatiga ta’sir qilmay, u odatiy tarzda ishini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 13:51 29.06.2024. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!