Chorshanba kuni yuzlab yahudiylar Masjidul Aqsoga Ursh bayrami munosabati bilan bostirib kirdi. Shuningdek, Yig‘i devori oldida ham o‘n minglab yahudiylar to‘plangan.
Quddusdagi Islomiy vaqflar idorasi matbuot kotibi Faros Dubs bergan ma’lumotga ko‘ra, masjidning g‘arbiy eshigidan 382 nafar yahudiy bostirib kirgan.
Shu bilan birga Aqsoga musulmonlarning kirishi tazyiq ostiga olingan. Ulardan masjid eshigi oldida pasportlarini ko‘rsatish talab qilingan.
Shuningdek, Masjidul Aqsoga qo‘shni Buroq maydonida o‘n minglab yahudiylar to‘planishgan. U yerni yahudiylar Yig‘i devori yoki G‘arbiy devor deb atashadi. U yerda yahudiylar Ursh bayrami namozini ado etishgan.
Manba: azon.uz