Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Chiroyli» avtoraqamlarning sotilishi byudjetga 115 mlrd so‘m keltirdi

«Chiroyli» avtoraqamlarning sotilishi byudjetga 115 mlrd so‘m keltirdi

Chiroyli avtoraqamlarning sotilishi byudjetga 115 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ keltirdi. Bu haqda Spot O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Faqatgina yilning 11 oyi davomida birja onlayn-auksioni orqali umumiy miqdori 105,7 mlrd so‘m bo‘lgan 20 778ta avtoraqam sotildi. Har bir bitimning o‘rtacha qiymati 5,1 mln so‘mni tashkil etdi. Dekabrda 2 mingtadan ortiq avtoraqamlar 10 milliard so‘mdan ko‘proq miqdorda sotilgan.

Auksion orqali chiroyli avtoraqamlarni sotish 2017 yil sentyabrida boshlandi. O‘shanda yil yakunlari bo‘yicha savdolar hajmi 27,6 milliardni tashkil etgan.

Avtoraqamlarni auksionda sotishdan tushadigan mablag‘ning 80 foizi davlat byudjetiga va 20 foizi - IIV Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 16:42 14.01.2019. O'qildi: 1615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!