Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Chirchiqdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilariga qo‘pol munosabatda bo‘lgan xodimlar ishdan haydaldi

Chirchiqdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilariga qo‘pol munosabatda bo‘lgan xodimlar ishdan haydaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingani aks etgan videolavha tarqalgan edi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi ishchi guruhi mazkur holatni o‘rganib, tegishli chora ko‘rdi.

Tekshiruv jarayonida tegishli mas’ullar ishtirokida tarbiyachilarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilgan. Natijada qo‘pollikka yo‘l qo‘ygan tarbiyachilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Shuningdek, Bolalar ombudsmani hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida ota-onalar va tarbiyachilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

«Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bolalarga nisbatan bunday munosabatni qat’iyan qoralaydi va kelgusida shunday holatlarning oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘radi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti hozirda ta’mirlash jarayonida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar vaqtincha yondosh hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirilgan. Holat aynan ushbu vaqtinchalik joyda sodir bo‘lgan», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Kiritildi: 12:04 10.01.2026. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!