FVVga ko‘ra, 11 mayga o‘tar kechasi Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi navbatchilik qismiga Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida fuqaro yordamga muhtoj ekani haqida xabar kelib tushgan.
Ma’lum qilinishicha, baliq ovlash uchun daryoga borgan B.M. ismli fuqaro daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan. Kuchli yog‘ingarchilik sabab suv sathi keskin ko‘tarilib, uning qirg‘oqqa xavfsiz qaytishi imkonsiz bo‘lib qolgan.
Shundan so‘ng fuqaro qutqaruvchilardan yordam so‘ragan. Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar uni maxsus vositalar yordamida xavfsiz hududga olib chiqqan.