Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Chimkent-Toshkent» avtobusi haydovchisi kontrabandaga qo‘l urdi

«Chimkent-Toshkent» avtobusi haydovchisi kontrabandaga qo‘l urdi

«G‘ishtko‘prik» chegara-bojxona postiga kirib kelgan navbatdagi «Chimkent-Toshkent» yo‘nalishidagi avtobus bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda noqonuniy holatlar aniqlandi, deya xabar qildi O‘zA Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib.

Mazkur avtobus haydovchisi umumiy qiymati 87 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan 10 turdagi dori vositalari, 980 quti tamaki mahsulotlari, shuningdek, avto ehtiyot qismlar, radiopriyomniklar va energetik ichimliklarni avtobusning shift qismiga mohirlik bilan yashirganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 11:24 10.12.2018. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!