Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Chimboylik ota farzandlari uchun 250 mln. so‘m aliment pullarini oldinnan to‘ladi

Chimboylik ota farzandlari uchun 250 mln. so‘m aliment pullarini oldinnan to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan javobgar A.Adan uning sobiq turmush o‘rtog‘ining foydasiga ikki nafar farzandlarining ta’minoti uchun ular voyaga yetkuniga qadar aliment undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida, javobgar Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman bo‘limiga kelib, farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldinnan to‘lash istagini bildirgan.

Shunda davlat ijrosi tomonidan javobgarning farzandlari voyaga yetkuniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini hisoblab chiqqan bo‘lib, ushbu summa 250 mln. so‘mni tashkil etgan.

Javobgar bo‘lsa hisoblab chiqilgan 250 mln. so‘mdan ortiq aliment pullarini shu yerning o‘zida sobiq turmush o‘rtog‘iga naqd ko‘rinishadi berdi.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!