Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Chilonzordagi YTH oqibatida haydovchi ham yo‘lovchi ham vafot etdi

Chilonzordagi YTH oqibatida haydovchi ham yo‘lovchi ham  vafot etdi

2022 yil 12 may tungi soat 03.00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan U.M. «Spark» rusumli (davlat raqami 01 R 337 NV) avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib, tezlikni oshirishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi qismidagi beton ustunga urilgan.

YTH natijasida avtomobil haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Avtomobil yo‘lovchisi – 1995 yilda tug‘ilgan K.SH. shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan vafot etgan. Vafot etganlarnign oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 17:37 12.05.2022. O'qildi: 2288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!