Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Chilonzorda milisiya xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi mojaroga nima sabab bo‘lgandi?

Chilonzorda milisiya xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi mojaroga nima sabab bo‘lgandi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Chilonzor tumanida milisiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgan videosi tarqaldi. Hodisaga nima sabab bo‘lgani noma’lum" degan sarlavha ostida video tarqalgandi. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bu voqea yuzasidan ma’lumot berdi.

Joriy yil 1 iyun ertalab soat taxminan 04.30 larda Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent halqa yo‘li chekkasidagi “Toshkent” savdo majmuasi va “Do‘stlik” buyum bozorlari tashqarisida, viloyat soliq organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibga zid ravishda noqonuniy savdo ishlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda, bir qator fuqarolar tomonidan norozilik bildirilgan, shunda jamoat tartibini saqlash maqsadida hududga viloyat IIBB patrul-post xizmati xodimlari jalb qilingan.

Hozirda mazkur hududda jamoat tartibi tiklanib, noqonuniy harakatlarga barham berilgan.

Holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilib, uning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz.

Kiritildi: 16:46 01.06.2020. O'qildi: 4146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!