Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Chilonzorda «Lacetti» evakuator bilan to‘qnashdi va...

A A A
Chilonzorda «Lacetti» evakuator bilan to‘qnashdi va...

Bugun, 11 noyabr kuni soat 18:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasidagi avtomobil ko‘prigi ustida, haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan L.A. «Lacetti» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi «IVECO» rusumli maxsus evakuator bilan to‘qnashgan.

Chilonzorda «Lacetti» evakuator bilan to‘qnashdi va...

Natijada «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli L.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 22:24 11.11.2020. O'qildi: 3269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik