Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Chexiyada gorilla va sherlarda ham koronavirus aniqlandi

Chexiyada gorilla va sherlarda ham koronavirus aniqlandi

Chexiya poytaxti Praga shahrida joylashgan hayvonot bog‘ida bitta maymun va ikkita sherda COVID-19 borligi aniqlandi. Ushbu hayvonot bog‘i ayni paytda o‘rnatilgan cheklovlar sabab yopilgan.

“Bugun Jamvan va Suchi laqabli she’rlar hamda Richard laqabli erkak gorilladan olingan test natijasi ularda koronavirus borligini ko‘rsatdi. Hozirgacha hayvonlarda kasallikning yengil alomatlari sezilmoqda. Sherlar shamollash va yo‘talni boshlaridan o‘tkazishayotgan bo‘lsa, Richardda charchoq va ishtahaning yo‘qolishi kuzatilmoqda” dedi hayvonot bog‘i direktori Miroslav Bobek o‘zining Feysbukda bergan xabarida.

Bobekning aytishicha, hayvonlar koronavirusni bu yerdagi xodimlaridan yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bog‘dagi boshqa hayvonlar ham koronavirus testidan o‘tkaziladi.

Avvalroq, San Diyegodagi hayvonot bog‘ida ham 8 ta gorillalar to‘dasi koronavirusga chalingani aniqlangandi. Ularning bir nechtasida ushbu kasallikning ba’zi alomatlari sezilgan.

Kiritildi: 20:25 28.02.2021. O'qildi: 1567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!