Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Chernogoriya hukumati Setinedagi fojiadan keyin qurol saqlash qoidalarini kuchaytirishga qaror qildi

A A A
Chernogoriya hukumati Setinedagi fojiadan keyin qurol saqlash qoidalarini kuchaytirishga qaror qildi

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Miloyko Spaich Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan keyin ma’lum qildi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi o‘qotar qurol lisenziyasi egalari 2026 yilning 1 yanvariga qadar qo‘shimcha psixologik ko‘rikdan o‘tishi kerak, aks holda ularning lisenziyalari bekor qilinadi. Ruxsatsiz qurolga ega bo‘lganlarga ularni topshirish uchun ikki oy vaqt berildi. Aks holda, ular jarimaga tortiladi.

Chernogoriya aholisining qo‘lida ro‘yxatdan o‘tmagan qurollar soni o‘n minglab birliklarga baholanadi. Chernogoriya rasmiylari ko‘p yillardan buyon fuqarolarni noqonuniy qurollarni topshirishga chaqirib keladi, ammo bundan natija bo‘lmayapti. Shveysariyaning Kichik qurollarni o‘rganish loyihasining xabar berishicha, 620 ming aholiga ega Chernogoriyada deyarli 245 ming o‘qotar qurol bor.

Kiritildi: 14:10 04.01.2025. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!