Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Chempionlar ligasida 36 jamoadan 32 tasi aniqlandi

Chempionlar ligasida 36 jamoadan 32 tasi aniqlandi

25 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi saralash bahslaridan so‘ng musobaqaning umumiy bosqichida ishtirok etadigan jamoalar ro‘yxati deyarli to‘liq shakllandi.

Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubi Niderlandiyaning NEK "Neymegen" jamoasini musobaqadan chiqarib yubordi. Avstriyaning LASK klubi birinchi o‘yindagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin kambek qilib, "Seltik"dan ustun keldi. Ozarbayjonning "Sabah" jamoasi esa Isroilning "Xapoel Beer-Sheva" klubini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shu tariqa, Chempionlar ligasi umumiy bosqichida qatnashadigan 36 klubdan 32 tasi ma’lum bo‘ldi.

Angliya: "Arsenal", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Aston Villa", "Liverpul".

Ispaniya: "Barselona", "Real", "Vilyarreal", "Atletiko", "Betis".

Germaniya: "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "RB Leypsig", "Shtutgart".

Italiya: "Inter", "Napoli", "Roma", "Komo".

Fransiya: "PSJ", "Lans", "Lill".

Niderlandiyadan PSV va "Feyenoord", Portugaliyadan esa "Portu" va "Sporting" yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Belgiyadan "Bryugge", Chexiyadan "Slaviya", Turkiyadan "Galatasaray", Ukrainadan "Shaxtyor", Norvegiyadan "Budyo-Glimt", Ozarbayjondan "Sabah" va Avstriyadan LASK umumiy bosqichda ishtirok etadi.

Qolgan 4 ta yo‘llanma taqdiri 26 avgust oqshomida hal bo‘ladi.

Kiritildi: 07:40 26.08.2026. O'qildi: 1339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik