Futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun e’tiboringizga fotokameralar nishoniga tushgan futbol olamining eng go‘zal juftliklarini namoyish etamiz.

Angliya terma jamoasining yarim himoyachisi nafaqat futbol olamining yorqin yulduzlaridan, dugonasi Rubi Mey bilan moda olamining ham eng go‘zal juftliklaridan biri. Mey model bo‘lib, yayaqinda adidas bilan shartnoma tuzgan.
RONALDO VA JORJINA RODRIGES

Bu ikki yosh ilk bor Dolce&Gabbana liboslar namoyishida tanishgan. Jorjina Rodriges – ispan raqqosasi, model, Krishtianu Ronalduning bo‘lajak rafiqasi. Bu juftlik rasmiy nikohdan o‘tmagan bo‘lsada, to‘rt nafar farzand tarbiyalamoqda.
SERXIO RAMOS VA PILAR RUBIO

Madridning «Real» himoyachisi Serxio Ramos va uning rafiqasi Pilarning ikki nafar o‘g‘li bor. To‘ng‘ichining ismi kichik Serxio Ramos-Rubio, ikkinchi o‘g‘illarining ismi esa Mark. Pilar - jurnalist, model, reklama va filmlarda suratga tushadi, televizion shoularda ishtirok etadi. Pilar Serxio sakkiz yosh katta bo‘lsa ham, uning suratlariga qarab bu farqni sezmaysiz.
NEYMAR VA BRUNA MARKEZINI

Braziliya kinosining oltin qizalog‘i va Braziliya futbolining oltin yigitchasi tanishgani vaqtda Bruna hali 17 yoshga ham to‘lmagan edi. Braziliya terma jamoasining sardori Neymar yaqinda suyuklisiga turmush qurishni taklif qilgan.
LEO MESSI VA ANTONELLA ROKUSSO

Lionel va Antonellaning muhabbat tarixi butun dunyoga tanish. Ular bolalikdan birga. Juftlik uch nafar farzand tarbiyalamoqda. Leo va Antonella uzoq yillardan beri birga bo‘lsada, o‘tgan yilning iyulida rasmiy nikohdan o‘tdilar. Ularning to‘y marosimi 2017 yilning eng shov-shuvli hodisalaridan biri bo‘ldi.
Kunutun.uz