Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarda xorijiy tillarni, jumladan, sharq tillarini o‘qitish sifatini oshirish maqsadida «Teach for Uzbekistan» (TFU) va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) hamkorlik memorandumini imzoladi.

🎓 Kelishuvga ko‘ra, universitetning iqtidorli bitiruvchilari olis va chekka hududlardagi maktablarga ikki yillik pedagogik va liderlik dasturi — Fellowship doirasida jalb etiladi. Yosh mutaxassislar maktablarda to‘liq stavkada dars berish bilan birga, pedagogik va boshqaruv bo‘yicha intensiv treninglarda ham qatnashadi.

Dastur ishtirokchilariga ish haqi bilan bir qatorda qo‘shimcha moliyaviy va metodik ko‘mak ko‘rsatiladi. Dastur yakunida ular 60 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan «Teach For All» xalqaro tarmog‘i bitiruvchilari maqomiga ega bo‘lishadi.

Hamkorlik chekka hududlardagi o‘quvchilarning bilimini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish hamda maktablarda til klublari va ijtimoiy loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 10:49 16.10.2026. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik