Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Chegara buzuvchisidan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar olindi

Chegara buzuvchisidan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar olindi

💥DXX Chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Farg‘ona viloyati Rishton tumani hududidan o‘tuvchi qismini buzib, qo‘shni davlatdan kirib kelgan Uchko‘prik tumanida yashovchi, 1983 y.t. shaxs qo‘lga olindi.

Xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonida umumiy bahosi 1 mlrd 320 mln so‘mni tashkil etuvchi 9 542 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

💊Ta’kidlash lozimki, “Zardeks” dori vositasi tarkibida bo‘lgan “Pregabalin” moddasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi 818-sonli qaroriga muvofiq, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va uning erkin muomalasi cheklangan.

⚖️Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 1-qismi, 246-moddasi 1-qismi va 2511-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

🕵️‍♂️Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:07. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!