Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Checheniston aholisidan DNK namunalari yig‘ib olinadi

A A A
Checheniston aholisidan DNK namunalari yig‘ib olinadi

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali aholidan DNK namunalari yig‘ib olinishini ma’lum qildi, deya xabar berdi "azon.uz".

Prezidentning aytishicha, bu ish Yaqin Sharqda yo‘qolib qolgan yoki u yerda tug‘ilgan chechenistonlik bolalarning qarindoshlarini topish hamda ularni vataniga qaytarishga ko‘maklashish maqsadida amalga oshiriladi.

“DNK ekspertiza nafaqat bolalarning qarindoshlarini topish, balki ularga Rossiya fuqaroligini berishga ham imkon yaratadi”, – deya yozdi Qodirov.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2017 yilda Chechenistonga Suriya va Iroqdan yuzdan ortiq ayollar va bolalar qaytarilgan.

Kiritildi: 13:25 29.05.2018. O'qildi: 1846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik