Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Chavandozlarimiz jamoaviy bahslarida tengsiz deb topildi

Chavandozlarimiz jamoaviy bahslarida tengsiz deb topildi

Poytaxtimizda ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevrosiyo ligasi Millatlar kubogining bosqichi o‘tkazilayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Hamyurtlarimiz jamoaviy yo‘nalishda kechgan musobaqaning navbatdagi kunida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Shiddatli bahslarda A’zam Tolibboyev, Oqil Sobirjonov kabi tajribali chavandozlar qatorida Abdurahmon Abdullayev va Dilshod Shokirov kabi yosh iqtidor egalari yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Sportchilarimiz birinchi mashqning o‘zidayoq g‘oliblikka asosiy da’vogar ekanliklarini namoyish etishdi va ustunlikni bellashuvlar nihoyasigacha saqlab qoldilar. Yakunda jamoamiz birinchi, Qozog‘iston ikkinchi va Qirg‘iziston vakillari uchinchi o‘rinni egallashdi.

Kiritildi: 12:48 26.04.2024. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!