IT mutaxassislari jamlangan eng mashhur "Stack Overflow" forumidagi savol-javoblar soni 25%ga qisqargan.
Keskin pasayish "ChatGPT" chiqqan paytdan boshlandi. Ushbu tendensiya ayniqsa "Python" va "Java Script" haqidagi muhokamalarning kamayib ketishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Tadqiqotchilarning fikricha, bu noodatiy muammoni keltirib chiqarishi mumkin: agar forumlarda qo‘llanmalar chiqmay qo‘ysa, SI modellarini o‘qitish uchun manbalar qolmaydi.