Assalomu alaykum! Farzand tug‘ilib chaqaloqligida tug‘ruqxonada o‘lsa, keyin unga chiroyli ism berib ko‘milsa, shu farzand ota-onasini jannat eshigi oldida kutishi rostmi? Ota-onasini taniydimi oz bo‘lsa-da onasi shu farzandga sutidan bergan bo‘lsa.
"Zikr ahlidan so‘rang" hay’ati:
— Va alaykum assalom! Faqat tug‘ruqxonada emas, balog‘atga yetmasdan vafot topsa ham ota-onasiga shafoatchi bo‘ladi. Vallohu a’lam!