Prezidentimizning “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Respublika tez tibbiy yordam markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) va uning 14 ta hududiy filiallari tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo‘jaliklar negizida tashkil qilinadi va tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Ya’ni, qarorga muvofiq:
🏥 Markaz tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi tez tibbiy yordam faoliyatini respublika bo‘yicha muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
▶️ tez tibbiy yordam xizmati xodimlari, maxsus avtotransport vositalari (ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va boshqalar), dori va sarflash materiallari, tibbiy jihozlar bilan ta’minot Markazning hududiy filialiga o‘tkaziladi;
📈 Markaz va uning hududiy filiallarida Situasion muvofiqlashtiruvchi bo‘limlar tashkil etilib, tuman (shahar) va hududlardagi tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini tahlillar asosida boshqaradi va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
🚑 Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi avtoxo‘jaliklar tarkibidagi tez tibbiy yordam avtotransport vositalari Markazning hududiy filiallari tarkibiga o‘tkaziladi hamda avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish autsorsing shartnomalari asosida amalga oshiriladi;
🖥 tez tibbiy yordam avtotransport vositalarida yoqilg‘i-moylash materiallarining sarfi elektron dastur orqali nazorat qilinadi.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir oy muddatda:
📖 Markaz va uning hududiy filiallari ustavlari va tuzilmalari tasdiqlanadi. Bunda, Markaz direktoriga, zarur hollarda, tasdiqlangan tuzilmalarga xodimlarning cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.