24 may kuni soat 03:12da Pastdarg‘om tumani “Qatorterak” MFYda joylashgan “Pastdarg‘om Meva-Sabzavot” MCHJ kirish eshigi oldidagi avto turargohi hududida (egasi Pastdarg‘om tumani Samarqand MFY, O.Normurodov ko‘chasi 19-uyda yashovchi fuqaro SH.U. ga tegishli bo‘lgan) vaqtinchalik yig‘ma yengil konstruksiyadan yasalgan oziq-ovqat savdo do‘koni taxminan 80 kv.m. maydonda ichki va tom qismi yongan.
Yong‘inga soat 03:15da yetib borib, soat 03:25da o‘rab olinib, soat 04:22da o‘chirilgan. Yong‘indan oziq-ovqat savdo do‘konni 30 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Yong‘inning sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.