Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Byudjet tashkilotlari xodimlarining soliq qarzi 90,8 mlrd so‘mga yetdi

Byudjet tashkilotlari xodimlarining soliq qarzi 90,8 mlrd so‘mga yetdi

2026 yil 22 iyul holatiga ko‘ra, 183 ming 668 ta tashkilotning 885 ming 336 nafar xodimiga tegishli 1 mln 69 ming 710 ta soliq ob’ekti bo‘yicha jami 498,7 mlrd so‘m to‘lanmagan mol-mulk va yer solig‘i qarzdorligi mavjud.

Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qarzdorlikning 282,8 mlrd so‘mi yer solig‘i, 215,9 mlrd so‘mi esa mol-mulk solig‘i hisobiga to‘g‘ri keladi. Joriy yilda mazkur ob’ektlar bo‘yicha jami 1 trln 135,9 mlrd so‘m soliq to‘lanishi belgilangan bo‘lib, shundan 600,2 mlrd so‘mi yer solig‘i, 535,7 mlrd so‘mi mol-mulk solig‘ini tashkil etadi.

Qarzdorlikning asosiy qismi tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi. Ular zimmasida 387,9 mlrd so‘m soliq qarzi mavjud. Byudjet tashkilotlari xodimlarining qarzdorligi 90,8 mlrd so‘mni, nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining qarzi esa 20 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Tijorat tashkilotlari yo‘nalishida eng katta qarzdorlik qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri kelib, 54 ming 746 ta tashkilotning 94 ming 952 nafar xodimi 177,6 mlrd so‘m hisoblangan soliqdan 100,3 mlrd so‘mini to‘lamagan.

Sanoat sohasida 21 ming 619 ta tashkilotning 149 ming 31 nafar xodimi 192,6 mlrd so‘m hisoblangan soliqdan 77,3 mlrd so‘m, savdo sohasida esa 44 ming 298 ta tashkilotning 86 ming 674 nafar xodimi 184,1 mlrd so‘mdan 66,2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib turibdi.

Qurilish sohasida qarzdorlik 50,3 mlrd so‘m, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 17,9 mlrd so‘m, tashish va saqlash sohasida 20,2 mlrd so‘m, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda 6,5 mlrd so‘m, axborot va aloqa sohasida 5,3 mlrd so‘mni tashkil etgan. Boshqa sohalar hissasiga esa 43,9 mlrd so‘m qarzdorlik to‘g‘ri keladi.

Xodimlari eng ko‘p soliq to‘lashi lozim bo‘lgan tashkilotlar orasida birinchi o‘rinda «Temiryo‘linfratuzilma» AJ qayd etildi. Korxona xodimlarining qarzdorligi 5,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Keyingi o‘rinlarda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ — 4,2 mlrd so‘m va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ — 4,1 mlrd so‘m bilan joylashgan.

Kiritildi: Bugun 16:11. O'qildi: 220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!