Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD Chjenchjou shahrida ulkan “shahar-zavod” qurishni boshladi. Loyiha maydoni — 130 kvadrat kilometr, ya’ni Parij yoki Barselonadan ham katta hudud.
Bu yerda yiliga 1 milliongacha elektromobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Zavod atrofida ishchilar uchun turar-joylar, do‘konlar va dam olish hududlari ham barpo etiladi.
Bu qadam Xitoyning elektrtransport sohasidagi yetakchiligini yanada mustahkamlaydi va BYD’ni dunyodagi eng yirik avtokonsernlar qatoridan joy olishiga xizmat qiladi.