Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

BYD “narx jangi”ni boshladi

BYD “narx jangi”ni boshladi

Xitoyda ishlab chiqarilayotgan BYD elektromobillari narxi o‘zgarishi kompaniyaning “Toyota” va “Volkswagen” kabi yirik raqobatchilarga qarshi narx urushini boshlaganidan dalolat. Bu haqda “Bloomberg” nashriyoti xabar qildi.

BYD “Elektr toki neftdan arzon” marketing kompaniyasi doirasida 100 dan ziyod elektr va gibridli mashina modellari narxini tushirdi va yana 70 ta modelni avvalgiga qaraganda arzonlashtirib, qayta sotuvga chiqardi. Narxi tushmagan yagona rusum – 233 000 dollarlik “Yangwang” superkaridir.

Eng hamyonbop BYD mashinasi hozir 10 ming dollar atrofida baholangan. Masalan, ixcham xetchbek “Seagull” 5 foiz arzonlashdi va 69,8 ming yuan (9,6 ming dollar)ga sotilmoqda. “Qin Plus” sedani narxi esa 20 foiz, ya’ni 79 800 yuan (10 900 dollai)ga tushdi.

AQShda esa elektromobilning o‘rtacha narxi hozir taxminan 60 ming dollarni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 09:24 27.03.2024. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!