Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

«Byaxkelingchi, Ozodaka». G‘aniyev, Nazarbekov va Allamjonov aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda memga aylandi

«Byaxkelingchi, Ozodaka». G‘aniyev, Nazarbekov va Allamjonov aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda memga aylandi

22 yanvar kuni Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi hukumat a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqilgan va muhokama qilingandi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Ozodbek Nazarbekov nomzodi madaniyat vaziriligiga ko‘rsatildi. Bu hodisa ijtimoiy tarmoqlarda anchagina muhokamalarga sabab bo‘ldi. Lekin bu hodisaning o‘zidan ko‘ra yig‘ilish yakunida tasodifan olingan, «Qalampir.uz» nashrida chop etilgan surat mashhur bo‘lib ketdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Ozodbek Nazarbekovni o‘ziga xos ko‘rinishda qo‘ltiqlab olgani va Allamjonov ularga «hayrat bilan» tikilib turgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqni portlatgan navbatdagi hodisa bo‘ldi. Undan darhol o‘nlab memlar yasab tashlandi.

Bu mem muallifining fikricha, Allamjonov kadrda ortiqcha, shu sababli u «kesib tashlangan».

Skrin: «Daryo»

Foto: «Nurqul minbari»

Ushbu memda G‘aniyevning tashrif qog‘oziga aylanib ulgurgan «xorami» so‘zidan ustalik bilan foydalanilgan. G‘aniyev Nazarbekov yordamida «xorami»larni madaniyatli qilmoqchi. Nima uchundir Allamjonov ham yordamga shay.

Foto: Facebook

Navbatdagi mem muallifi talaba bo‘lsa kerak. Memda 2019–2020-o‘quv yilida barcha talabalar uchun bir xil – 400 ming so‘m miqdorida stipendiya belgilangani va buning oqibatida talabalar moddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgani kulgi ostiga olingan. Memda «kvartplata» stipendiyani tortib ketayotganini, «studentning qorni» esa bir chekkada mung‘ayib qolayotganini ko‘rish mumkin.

Foto: Facebook

Skrin: «Janob Satirik»

Skrin: «Janob Satirik»

Navbatdagi mem muallifi suratni O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim finalda Saudiyaga boy bergan yarim final o‘yiniga bog‘lagan. O‘yin 1:0 hisobi bilan yakunlandi, endi O‘zbekiston 3-o‘rin va Olimpiada yo‘llanmasi uchun Avstraliyaga qarshi to‘p suradi.

Skrin: «Janob Satirik»

Doim bir o‘q bilan bir nechta quyonni ko‘zlab yuradigan «uyushmaganlar» bu gal ham mo‘ljalni bexato olishdi. Andijon viloyati hokimi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida uyushmagan yoshlar bilan ishlash niyati borligini ma’lum qildi. «Uyushmaganlar» bundan qattiq ta’sirlanganlar shekilli, G‘aniyevning ismdoshi bitta mem bilan qutulmadi. Navbatdagi surat talqinidagi «Sho‘hratjon» ismi aynan Andijon viloyati hokimiga ishora. Memda G‘aniyev Nazarbekovning chiroyli ovozidan «janoza o‘qish»da foydalanmoqchi ekanini ko‘rish mumkin. Allamjonov chaqirishi kerak bo‘lgan Obidov Farg‘ona viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov ekanini esa sezgan bo‘lsangiz kerak. Lekin muallif memning bu qismi bilan nima demoqchi?

Foto: «Uyushmagan yoshlar»

Foto: Facebook

Navbatdagi mem muallifining fikricha, bo‘lishi kutilayotgan madaniyat vaziri hokimga «Odobnoma»dan dars beryapti.

Skrin: «Daryo»

Suratga bog‘liq memlar guldastalari hali uzoq davom etsa kerak. Kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 10:21 23.01.2020. O'qildi: 6313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!