Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Xitoy devoridagi «hikmat»

Buyuk Xitoy devoridagi «hikmat»

Qadimgi xitoyliklar shimol tarafdan keladigan “yovvoyi” qabilalarning hujumidan omonlikda yashash maqsadida “buyuk” Xitoy devorini qurdilar. Ular o‘zlaricha “Devor juda balandligi uchun hech kim unga tirmashib chiqolmaydi, juda qalinligi uchun hech kim unga o‘t qo‘ya olmaydi” deb o‘ylashardi. Ular shu fikr bilan devorni qurib, yashay boshlashdi.

Lekin devor qurilganidan keyingi birinchi yuz yillik ichida xitoyliklar uch marta “yovvoyi” qabilalar hujumiga uchradi. Shu hujumlar davomida “yovvoyi” qabilalar biror marta devorni yondirishga ham, unga tirmashib chiqishga ham ehtiyoj sezmadilar. Balki ular devor yonida turgan qo‘riqchilarga pora berib, eshiklardan kirib, hujum qildilar. Qadimgi xitoyliklar toshdan devorlar qurishga qattiq berildilar, ammo o‘z farzandlariga, o‘z fuqarolariga sadoqat, vafo, vatanparvarlik, rostgo‘ylikni o‘rgatishni unutdilar.

Hikmat
Insonga xizmat qiladigan narsani qurishdan oldin ishni insonning o‘ziga ta’lim-tarbiya berishdan boshlash kerak.

Manba: Muxlis.uz

Kiritildi: 13:13 09.11.2018. O'qildi: 1867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!