Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Buyuk Xitoy devori” bor edi, endi “Buyuk Rossiya devori” ham bo‘ladi

“Buyuk Xitoy devori” bor edi, endi “Buyuk Rossiya devori” ham bo‘ladi

Vladimir Putin Rossiya Federasiyasi hududida Buyuk Rossiya devorini qurish haqida o‘ylamoqda.

Rossiya rahbari bu bayonotni Lipesk viloyati Usmon shahrida mahalliy aholi bilan uchrashuv chog‘ida aytdi, deya xabar berdi Internet manbalari.

Buyuk rus devorini qurish g‘oyasini mahalliy ilmiy tashkilot rahbari ilgari surdi.

Usmon yashovchisining so‘zlariga ko‘ra, devorni bir necha asrlar oldin himoya vazifasini bajargan Belgorod yo‘nalishi bo‘ylab qurish mumkin.

Mahalliy ilmiy tashkilot rahbari arxitektura yodgorligi mashhur sayyohlik maskaniga aylanishi mumkin deb hisoblamoqda.

Buyuk rus devorini Belgorod, Voronej, Lipesk va Tambov viloyatlari hududida qurish taklif qilinmoqda.

Vladimir Putinga devor qurish g‘oyasi yoqdi. Rossiya rahbari tashabbusni qiziqarli deb atadi va tegishli idoralar bilan loyihani o‘rganishni va’da berdi.

Kiritildi: 22:15 23.01.2020. O'qildi: 5632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!