Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniyani yanada buyukroq qilgan o‘g‘rilik haqida bilasizmi?

Buyuk Britaniyani yanada buyukroq qilgan o‘g‘rilik haqida bilasizmi?

1848 yili Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi Robert Forchun ismli botanigini Xitoyga maxfiy topshiriq bilan yuboradi.

Botanik Robert Forchun ingliz razvedkasi hufiyasi ham hisoblangan ekan. U Xitoyning ichki qismigacha kirib borib, chet elliklar uchun yopiq bo‘lgan choy plantasiyalarigacha yetib boradi. Forchun bu yerdan noyob choy navlarining urug‘larini o‘g‘irlab Hindistonga olib keladi. Oradan bir necha o‘n yil o‘tib Hindiston, ya’ni Britaniyaning mustamlakasi choy yetishtirish bo‘yicha Xitoyni quvib o‘tgan edi. Forchunning bu o‘g‘riligi Britaniyaga ba’zi bir o‘lkalarni bosib olishdan ham ko‘proq foyda olib kelgandi.

Kiritildi: 13:25 09.10.2021. O'qildi: 4115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!