Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Buyuk Britaniyada odamda cho‘chqa grippining yangi shtammi aniqlandi

A A A
Buyuk Britaniyada odamda cho‘chqa grippining yangi shtammi aniqlandi

Buyuk Britaniyada cho‘chqa grippining A(H1N2)v shtammi bilan odamda birinchi kasallanish holati aniqlandi.

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu virus bilan kasallanish holati muntazam monitoring davomida aniqlangan. Nafas olish yo‘llari infeksiyasining belgilari paydo bo‘lgandan keyin bemor shifokorga murojaat qilgan.

2005 yildan beri butun dunyo bo‘ylab odamlarda A (H1N2)v shtammi bilan kasallangan 50 ta holat qayd etilgan. Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi hodisa birinchi tur bo‘lib, avvalgi holatlarga genetik jihatdan bog‘liq emas.

Gripp A(H1N2)v virusi cho‘chqalarda aylanib yuradigan viruslarga o‘xshaydi. Buyuk Britaniyaning Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi kasallikning yangi turi haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini rasman xabardor qilgan. Ushbu shtamm qanchalik yuqumli ekani hali aniq emas.

H1N1, H1N2 va H3N2 cho‘chqa grippi A viruslarining asosiy kichik tiplari bo‘lib, cho‘chqalarda yashaydi va vaqti-vaqti bilan odamlarga yuqadi. 2009 yilda, odatda cho‘chqa grippi deb atalgan H1N1 virusi tufayli insonlarda pandemiya tarqaldi. Endi virus mavsumiy ravishda odamlar orasida tarqaladi.

Kiritildi: 10:38 28.11.2023. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!