Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniyada maymun chechagi bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda

Buyuk Britaniyada maymun chechagi bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash agentligi (UKHSA) bayonotida aytilishicha, Buyuk Britaniyada maymun chechagi bilan kasallanganlar soni 71 nafarga yetdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Angliyada maymun chechagining qo‘shimcha 14 holati aniqlangan.

"Bu bilan Angliyada 7-maydan buyon tasdiqlangan holatlarning umumiy soni 23-may holatiga ko‘ra 70 taga yetdi. Shotlandiya jamoat salomatligi dushanba kuni bitta maymun chechagi kasalligi aniqlanganligini tasdiqladi va bu Buyuk Britaniyada aniqlangan holatlarning umumiy sonini 71 taga yetkazdi" - deyiladi vazirlik bayonotida.

Shu bilan birga, 23-may holatiga ko‘ra, hozircha Uels yoki Shimoliy Irlandiyada kasallik holatlari aniqlanmagan.

Yangi holatlar aniqlanganiga qaramay, Buyuk Britaniya aholisi uchun xavf pastligicha qolmoqda, dedi UKHSA.

Kiritildi: 22:00 24.05.2022. O'qildi: 2812 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!