Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniyada 17 maydan boshlab vaksinasiya pasportlari joriy etiladi

Buyuk Britaniyada 17 maydan boshlab vaksinasiya pasportlari joriy etiladi

17 maydan boshlab xorijga safarga otlanayotgan britaniyaliklar uchun vaksinasiya pasportlari joriy etiladi. Bu haqda The Times gazetasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, smartfon va planshetlar uchun ilova ko‘rinishidagi ushbu pasportlar milliy sog‘liqni saqlash xizmati (NHS) tomonidan beriladi.

Pasportlar faqat vaksinaning ikki dozasini olgan britaniyaliklargagina berilishi ko‘zda tutilgan. Xohlovchilar 119 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib emlanganligini tasdiqlovchi qog‘oz guvohnoma olishlari mumkin. Xorij safariga otlangan britaniyaliklar vaksinasiya pasportiga ega bo‘lishi shart.

Ilovadan foydalanish uchun fuqarolar xorijga chiqishdan kamida ikki hafta oldin ro‘yxatdan o‘tishi lozim. 

Hozirga qadar katta yoshli britaniyaliklarning 67 foizi (35,5 mln kishi) koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan, 34 foizi (17,9 mln kishi) esa har ikki dozasi bilan emlangan.

Kiritildi: 19:40 11.05.2021. O'qildi: 2470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!