Buyuk Britaniya va Birlashgan Qirollik nomlari ko‘pincha bir-birining o‘rnida ishlatiladi. Biroq, ular aslida sinonim emas. Ushbu ikki nomning sababi va ular orasidagi farq Britaniya orollarining keng tarixi bilan bog‘liq.
Britaniya orollari — Yevropaning shimoli-g‘arbiy sohilidagi orollar guruhidir. Bu orollarning eng yiriklari Britaniya va Irlandiyadir. O‘rta asrlarda Britaniya nomi Fransiyaning hozirda Brittany deb nomlanuvchi kichik bir qismiga nisbatan ham qo‘llanilgan.
Buyuk Britaniya atamasi orolga maxsus murojaat qilish uchun foydalanilgan. Biroq, bu nom 1707 yilgacha oroldagi raqib qirolliklar Angliya va Shotlandiya Buyuk Britaniya Qirolligi sifatida birlashtirilgunga qadar rasmiy ahamiyatga ega emas edi.
Irlandiya esa 12-asrdan boshlab amalda ingliz mustamlakasi bo‘lgan va keyin ham u Britaniya toji ta’siri ostida qolgan. 1801 yilda u Buyuk Britaniya bilan yagona siyosiy birlik sifatida rasman birlashgan va bu birlik Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi yoki qisqacha Birlashgan Qirollik deb nomlangan. Biroq, ittifoq faqat 1922 yilga qadar davom etdi, Irlandiya ( shimoldagi oltita okrug bundan mustasno) ajralib chiqdi. Tez orada Irlandiya suveren respublikaga aylandi va uning sobiq hamkori Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi degan rasmiy nomni oldi.