Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniya razvedkasi rossiyalik diplomatlarni kuzatmoqda

Buyuk Britaniya razvedkasi rossiyalik diplomatlarni kuzatmoqda

Buyuk Britaniya razevdka xizmati MI 5 maxsus xizmatlar xodimlari va harbiylarni mamlakat hududidagi Rossiya diplomatlariga nisbatan hushyorlikni oshirishga chaqirdi. Bu haqda The Daily Mirror xabar berdi

Xabar berilishicha, idoraning maxfiy hujjatida Rossiya elchixonasining diplomatik avtomobillari raqamlari keltirilgan va ular ortidan kuzatuv qo‘yish taxmin qilinmoqda. Mashinalarning har qanday harakati va har safar biror joyga borganda salonda bo‘ladigan kishilar soni yozib boriladi.

MI 5 tomonidan qayd etilishicha, joriy yilning mart oyida 23 nafar rossiyalik diplomatning mamlakatdan chiqarib yuborilishi «Kremlning ma’lumot yig‘ish bo‘yicha imkoniyatlariga jiddiy zarba bergan». Idoraning fikricha, endi Rossiya TIVning mamlakatda qolgan xodimlari josuslikda  ishtirok etishi mumkin.

Manba:daryo.uz

 

Kiritildi: 04:51 07.12.2018. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!