Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya qirolining o‘g‘li - shahzoda Garri e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi

A A A
Buyuk Britaniya qirolining o‘g‘li - shahzoda Garri e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi

Buyuk Britaniya qiroli Karl IIIning kenja o‘g‘li shahzoda Garri e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi.

Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, shahzoda Garri janglarda jarohatlangan va kasalxonada yotgan askarlar bilan uchrashgan. Britaniya qirollik oilasi a’zosining Lvovga tashrifi oldindan e’lon qilinmagan.

"Sasseks gersogi to‘rt nafar faxriy hamrohligida yaralangan askarlarni davolaydigan Lvovdagi Superhumans Centre markaziga bordi", — deyiladi maqolada.

U Ukraina faxriylar ishlari vaziri Natalya Kalmikova bilan ham uchrashdi.

The Telegraph nashrining qayd etishicha, shahzoda Garri 2022 yilda urush boshlanganidan buyon Ukrainaga tashrif buyurgan qirollik oilasining ikkinchi a’zosi bo‘ldi. O‘tgan yili u yerga Edinburg gersoginyasi Sofi tashrif buyurgan edi. Shu bilan birga, nashrning ta’kidlashicha, Bukingem saroyiga sayohat haqida oldindan xabar berilmagan, "chunki gersog endi qirollik oilasining ishlaydigan a’zosi emas".

O‘tgan oyda, deb eslatadi gazeta, shahzoda Uilyam Estoniyaga ikki kunlik tashrifi chog‘ida ukrainalik qochqinlar bilan uchrashgan.

Kiritildi: 08:46 11.04.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!