Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Buyuk Britaniya: “Endi bizning o‘z Donald Trampimiz bor”

Buyuk Britaniya: “Endi bizning o‘z Donald Trampimiz bor”

Buyuk Britaniyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson burqa kiyadigan muslimalarni pochta qutisiga o‘xshatgani uchun islomofobiyada ayblanmoqda. Bu haqda VVS xabar tarqatdi.

Boris Jonson Telegraph nashriga yozgan maqolasida jamoat joylarida burqaning taqiqlanishini qo‘llab-quvvatlashini va Qur’onda ayollarning yuzini butkul to‘sib yurishi haqida ko‘rsatma yo‘qligini aytgan.

Britaniya musulmonlar kengashi islomofobiya va musulmonlarga nisbatan nafrat ortayotgan bir paytda siyosatchining bu maqolasi ortiqcha bo‘lganini ta’kidladi.

Musulmonlar konservativ forumi yetakchisi Muhammad Amin ham maqolani tanqid qilib, uni musulmonlarga qarshi va burqa kiyadigan ayollarga nisbatan nafart uyg‘otuvchi deb atadi.

Tanqidga Leyboristlar partiyasi ham qo‘shilib, Boris Jonsonni islomofobiyada aybladi. “Endi bizning o‘z Donald Trampimiz bor”, – dedi partiya vakili Devid Lemmi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 11:46 08.08.2018. O'qildi: 1786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!