Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buyuk Britaniya bosh vazirining uyi yondi

Buyuk Britaniya bosh vazirining uyi yondi

Polisiya Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning uyidagi yong‘inni tergov qilmoqda.

London polisiyasi 12 mayga o‘tar kechasi Britaniya bosh vaziri Kir Starmerga tegishli shimoliy Londondagi uyda sodir bo‘lgan yong‘inni tekshirmoqda.

Kentish taun mavzesidagi uy tashqaridan o‘rab olingan.

London o‘t o‘chirish brigadasining aytishicha, ular soat 1 da “kichik yong‘in”ga chaqirilgan va 20 daqiqa ichida o‘chirilgan. Yong‘in uyning kirish qismini shikastlagan, biroq hech kim jabrlanmagan.

Kir Starmer hozir Britaniya bosh vazirlarining Dauning-strit, 10-uydagi rasmiy qarorgohida yashaydi.

Kiritildi: 05:32 13.05.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!