Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxorolik erkak “o‘ta xavfli residivist” deb topildi

Buxorolik erkak “o‘ta xavfli residivist” deb topildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining 2014 yil 13 maydagi hukmiga ko‘ra, T. O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan JK 59-moddasining 8-qismi tartibida 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, JKning 34-moddasiga asosan “o‘ta xavfli residivist” deb topilgan.

Sudning hukmiga ko‘ra, T. muqaddam bir necha marotaba o‘g‘irlik jinoyatini sodir etib sudlanib, tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini jazoni ijro etish muassasalaridan o‘tab chiqib, bundan o‘ziga ijobiy xulosa chiqarmasdan, yana qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish xavfli residiv jinoyatini sodir qilgan.

Chunonchi, u 2013 yil oktyabr oyining o‘rtalarida, G‘ijduvon tuman markaziy bozori oldida joylashgan “Jayxun” oshxonasining yerto‘lasiga kirish eshigining qulfini buzish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yerto‘lada bo‘lgan fuqaro T.ga tegishli bir dona baxosi 300.000 so‘mlik “Ural” rusumli velosipedini va fuqaro R.ga tegishli bahosi 30.000 so‘mlik elektr choynak, bahosi 54.000 so‘mlik 3 kg. mol go‘shti, bahosi 6.000 so‘mlik kartoshka piyoz maxsulotlari, 2 dona bahosi 10.000 so‘mlik oshxona pichog‘i va 200.000 so‘m naqd pullarini yashirin ravishda talon-taroj qilib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.

Birinchi bosqich sudi tomonidan T.ning harakati JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan to‘g‘ri kvalifikasiya qilingan bo‘lsada, uni asossiz ravishda o‘ta xavfli residivist deb topgan.

Ish hujjatlariga qaragada, T. muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudining 2009 yil 15 apreldagi hukmiga ko‘ra, JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, 1 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga, shu sudining 2010 yil 9 fevraldagi hukmiga ko‘ra, JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan, JKning 60-moddasi asosida 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga, jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining 2010 yil
18 noyabrdagi hukmiga ko‘ra, JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan, JK 59-moddasining 8-qismi tartibida 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga, jinoyat ishlari bo‘yicha Olot tuman sudining 2014 yil 5 fevraldagi hukmiga ko‘ra, JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 25,169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan, JKning 59,60-moddalariga asosan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining 2014 yil 13 maydagi hukmida qayd etilgan jinoyatni esa T. 2013 yilning oktyabr oyida, ya’ni jinoyat ishlari bo‘yicha Olot tuman sudining 2014 yil  5 fevraldagi hukmiga qadar sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008 yil 15 maydagi “Bir necha jinoyat sodir etganda qilmishni kvalifikasiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandida, shaxs bir necha jinoyat sodir etgan bo‘lib, ulardan faqat bittasi uchun sudlangan, boshqa jinoyatlari esa, aybdorga nisbatan birinchi ish bo‘yicha hukm chiqqandan so‘ng ochilgan bo‘lsa, bu jinoyatlar uchun sudlanganlik mazkur shaxsni o‘ta xavfli residivist deb topish paytida JK 34-moddasi va 59-moddasi sakkizinchi qismi mazmunidan kelib chiqib, bitta sudlanganlik holati sifatida inobatga olinishi ko‘rsatilgan.

Bunday holatda, birinchi bosqich sudi hukmining T.ni o‘ta xavfli residivist deb topishiga oid qismini qonuniy deb bo‘lmaydi.

Shu bois, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi kassasiya instansiyasining 2019 yil 14 martdagi ajrimi bilan JKning 34-moddasiga asosan, T.ni o‘ta xavfli residivist deb topishga oid qismi bekor qilindi.

 

A.Shaydoyev,

KSH-4-04/43-19-sonli ajrimi

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro viloyat sudining

o‘rinbosari

Kiritildi: 15:07 27.11.2019. O'qildi: 3801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!