Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Buxorolik erkak: "Koronavirus boshqalar uchun, men uchun emas-ku!"

Buxorolik erkak: "Koronavirus boshqalar uchun, men uchun emas-ku!"

jtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Karantinda deb iddao qilinayotgan shaxs: Koronavirus boshqalar uchun, men uchun emas-ku! Bu yerdan hozir sekin chiqib ketyapman” deb izohlangan video haqida ma’lumot berildi.

Tekshiruv davomida ushbu videodagi shaxs Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro SH.R. ekanligi aniqlangan.

Malum bo‘lishicha, fuqaro SH.R. 2020 yil 19 mart kuni “Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi poyezd orqali O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan vaqtida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan “Dout ota” bojxona chegara postidagi tekshirish vaqtida koronavirus (Covid-19) kasalligiga chalinganlikda gumonlanib, Nukus shahridagi “Bolalar markaziy kasalxonasi”ning karantin bo‘limiga davolash maqsadida yotqizilgan. Biroq, u epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini ko‘pol ravishda buzib, 21 mart kuni o‘zboshimchalik bilan kasalxonadan qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro SH.R. o‘z yashash manzilida ekanligi aniqlanib, dastlab qarantinda saqlash uchun Shofirkon tuman markaziy kasalxonasi yuqumli kasalliklar bo‘limining maxsus xonasiga joylashtirilgan.

Holat yuzasidan 21.03.2020 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro SH.R.ga nisbatan JKning 25, 2571-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etish lozim, fuqaro SH.R. hozirda Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining alohida xonasida IIB xodimlari qo‘riqlovida saqlanmoqda.

U bilan o‘tkazilgan suhbat davomida fuqaro SH.R. dastlabki videoni Rossiya davlatida bo‘lgan vaqtida hazillashish maqsadida internet tarmog‘i orqali do‘stlariga jo‘natganligini, keyingi videoni Buxoro viloyatidagi karantin saqlash joyida olganligini, uyali telefonini ichki kiyimlariga yashirgan holda xonaga olib kirganligini bildirgan.

Undan mobil telefon aparati xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

 

Kiritildi: 18:31 30.03.2020. O'qildi: 5372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!