Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxorolik ayolni aldab, chuv tushirib ketishdi

Buxorolik ayolni aldab, chuv tushirib ketishdi

2018 yil 21 dekabr kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi G.R. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, 2018 yil 18 dekabr kuni noma’lum shaxs uning do‘koniga kelib, isitish pechi hamda quvurlarini sotib olishga kelishgan va pullarni haydovchi orqali berib yuborishini aytib, undan 430 000 so‘m pul ham qarz olgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, noma’lum shaxs avtomashinaga o‘tirib, YU.Hamadoniy ko‘chasida joylashgan dehqon bozori oldiga kelgan vaqtida avtomashinadan tushib, voqea joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Kaltarobod qishlog‘ida yashovchi R.H. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 17:46 25.01.2019. O'qildi: 1961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!